Homiladorlik davri - Ayollik

Sardor Islomov

Homiladorlik davri - Ayollik app icon
5.0 stars1 reviewsFree
17+Version 3.0.7Updated 10/19/2026, 9:41:10 PM
Open in Store

Homiladorlik davri — homiladorlikni rejalashtirayotgan, farzand kutayotgan ayollar va onalar uchun ilova. Homiladorlikni haftama-hafta kuzating, bolajoningiz rivoji haqida o‘qing va o‘zingizni ham unutmang. Kerakli ma’lumotlar, foydali maqolalar va ko‘nglingizni ko‘taradigan iliq so‘zlar bir joyda. • Homiladorlik taqvimi Hozir nechanchi haftada ekaningizni va taxminiy tug‘ruq sanasini bilib boring. Har hafta bolajoningiz rivoji hamda tanangizdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot oling. • Homiladorlikni rejalashtirish Hayz kunlarini belgilang va siklingizni kuzating. O‘zingizga mos rejimni tanlab, muhim sanalarni bir joyda saqlang. • Ona va bola haqida maqolalar Homiladorlik, tug‘ruqqa tayyorgarlik, tug‘ruqdan keyingi davr va bola parvarishi haqidagi materiallarni o‘qing. Farzandingiz ulg‘aygani sari sizni qiziqtiradigan mavzularga qayting. • Onaga ham mehr kerak Ilova faqat bolajon haqida emas. Dam olish, yordam so‘rash va o‘zingizga vaqt ajratish ham muhim. Qisqa, samimiy va ba’zan hazil aralash yozuvlar sizga shuni eslatib turadi. • O‘zingizga yoqqan qahramonni tanlang Turli xarakterdagi yoqimtoy qahramonlar ilovaga o‘zgacha kayfiyat beradi. Ularning haftalarga mos tasvirlari, kunduzgi va tungi ko‘rinishlari bilan tanishing. • Boshqa onalar bilan suhbat Savollaringizni yozing, tajribangiz bilan bo‘lishing va boshqa onalarning hikoyalarini o‘qing. Ba’zan sizni tushunadigan inson bilan gaplashishning o‘zi yoqimli. • O‘zbek va rus tillarida Ma’lumotlarni o‘zingizga qulay tilda o‘qing va ilovadan bemalol foydalaning. Farzandingizga mehr berar ekansiz, o‘zingizga ham mehrli bo‘ling. Homiladorlik davri bilan bu muhim kunlarni birga kuzatib boramiz. Ilovadagi ma’lumotlar tanishish uchun; shifokor maslahati o‘rnini bosmaydi.

Developer website
https://ayollik.uz
Released
2026-10-01T07:00:00Z
Current version
3.0.7

Screenshots

Homiladorlik davri - Ayollik screenshot 1Homiladorlik davri - Ayollik screenshot 2Homiladorlik davri - Ayollik screenshot 3Homiladorlik davri - Ayollik screenshot 4Homiladorlik davri - Ayollik screenshot 5Homiladorlik davri - Ayollik screenshot 6