Kasbiy Rivojlanish

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

Kasbiy Rivojlanish app icon
0.0 starsFree
4+Version 1.0.0Updated 10/5/2026, 11:59:53 PM
Open in Store

Kasbiy Rivojlanish — pedagoglarning kasbiy rivojlanishi uchun mobil ilova. Kasbiy rivojlanish kuni (KRK), Kasbiy rivojlanish soati (KRS) va malaka oshirish kurslari bitta ilovada jamlangan. KIM UCHUN • O‘qituvchilar — treninglarda qatnashadi, test topshiradi, sertifikat oladi. • Yetakchi o‘qituvchilar — KRS guruhlari, jurnal va ishtirokchilarni yuritadi. • Maktab direktorlari, tuman va viloyat mas’ullari — o‘z hududidagi treninglarni kuzatib boradi. TRENINGLAR • Bugungi trening, uning vaqti va manzili bosh sahifada. • Trening boshlanishigacha qolgan vaqt va har bir bosqich: kirish, chiqish, test. • O‘tgan, bo‘lib o‘tayotgan va rejalashtirilgan treninglar ro‘yxati. TRENINGDA ISHTIROKNI QAYD ETISH • Trening joyida kirish va chiqishni qayd eting. • Ishtirok yuz surati va joylashuv orqali tasdiqlanadi — bu treningda haqiqatan qatnashganingizni ko‘rsatadi. • Kamera va joylashuvga ruxsat faqat shu vaqtda, nima uchun kerakligi tushuntirilib so‘raladi. TESTLAR, NATIJALAR VA SERTIFIKATLAR • Trening yakunida test topshiring va natijani darhol ko‘ring. • Barcha natijalaringiz bir joyda. • Sertifikatlaringizni ilovaning o‘zida oching. MATERIALLAR • Trening mavzulari bo‘yicha materiallar va fayllarni ilovaning o‘zida oching. MALAKA OSHIRISH • Kurslar, mashg‘ulotlar jadvali, testlar va attestatsiya. • An’anaviy (auditoriyadagi) mashg‘ulotlar. • Sertifikatlar, portfolio va arizalar. SUHBAT • Umumiy xona, fanlar bo‘yicha xonalar va guruh suhbatlari. • Xabarga javob berish, o‘z xabaringizni o‘chirish. • Nomaqbul xabar ustidan shikoyat qilish. MONITORING • O‘z hududingiz qamrovi: guruhlar, pedagoglar, ishtirok ko‘rsatkichlari. • Fanlar reytingi va hozir o‘tayotgan treninglar. • Guruh va pedagog kesimidagi batafsil ma’lumot. KIRISH • Ilovaga OneID orqali xavfsiz kiriladi. TILLAR O‘zbek, rus va ingliz tillarida.

Developer website
https://avloniy.uz/
Released
2026-10-05T07:00:00Z
Current version
1.0.0

Screenshots

Kasbiy Rivojlanish screenshot 1Kasbiy Rivojlanish screenshot 2Kasbiy Rivojlanish screenshot 3Kasbiy Rivojlanish screenshot 4Kasbiy Rivojlanish screenshot 5