AvtoPilot – Prava Oling

Rahmonberdi Vahabov

AvtoPilot – Prava Oling app icon
5.0 stars4 reviewsFree
4+Version 1.9.0Updated 7/19/2026, 11:16:58 PM
Open in Store

AvtoPilot — O'zbekiston haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorgarlik ilovasi. Endi internetsiz ham ishlaydi — biletlar, mavzular va imtihon signal yo'q joyda ham ochiladi. Metroda, yo'lda, istalgan joyda tayyorlaning. AI algoritmi sizning zaif tomonlaringizni aniqlab, aynan shu savollarni ko'proq takrorlaydi — tez va samarali o'rganing. Har bir savolning izohi haydovchilik bo'yicha mutaxassislar tomonidan qayta yozilgan — murakkab qoidalar ham tushunarli bo'ladi. Tartibga soluvchining ishoralari ko'pchilik uchun eng qiyin mavzu. Yangi 3D simulyator chorrahani istalgan tomonga aylantirib ko'rsatadi — ishorani tanlang va qaysi mashina yurishi, qaysi biri to'xtashini o'z ko'zingiz bilan ko'ring. • Tartibga soluvchi 3D simulyatori — ishoralarni jonli 3D chorrahada o'rganing (YANGI) • Internetsiz rejim — savollar va rasmlar ilova ichida, doim qo'lingizda • AI takrorlash tizimi — zaif savollarni avtomatik aniqlash va mustahkamlash • Battle — 5 o'yinchi bilan 3 raundli jonli musobaqa • Kundalik mashq — har kuni 10 ta savollik setlar • Imtihon rejimi — haqiqiy imtihon sharoitida mashq qiling • 122 ta bilet — barcha rasmiy biletlar • Mavzular — endi 10 tadan guruhlarga bo'lingan qulay format • Shpargalka — muhim qoidalarni o'rganing Jami 1220+ savol. Bir bosishda Telegram, Apple yoki Google orqali kiring va boshlang!

Developer website
https://apilot.uz
Released
2026-03-08T08:00:00Z
Current version
1.9.0