Qayiq
Keldiyor Bultakov
Qayiq – abiturientlar va o‘quvchilar uchun interaktiv tayyorlov platformasi! Ilova yordamida siz maxsus maktablar va universitetlarga kirish imtihonlariga samarali tayyorlanishingiz mumkin. Asosiy imkoniyatlar: 1. Maxsus maktablar yo‘nalishlari: Prezident maktabi, al-Xorazmiy maktabi, Mirzo Ulug‘bek maktabi, ibn Sino maktabi va ixtisoslashtirilgan maktablar. Har bir yo‘nalishda testlar mavzulashtirilgan va mock imtihonlar formatida mavjud. 2. Milliy sertifikat yo‘nalishlari: Abiturientlar uchun milliy sertifikat imtihoniga o‘xshash testlar to‘plamlari. 3. DTM ballari tahlili: Test natijangizni o‘tgan yilgi kirish ballari bilan solishtirib, qaysi universitet va fakultetlarga grant yoki kontrakt asosida kirishingiz mumkinligini aniqlash. 4. Maxsus maktablar mock imtihonlari: Olingan ballarni o‘tgan yilgi kirish ballari bilan solishtirish imkoniyati. 5. Olimpiadalar va repetitsion testlar: Turli fanlar va yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam olimpiadalar va repetitsion testlar. 6. Yutuqli olimpidalar: Yuqori o'rin egalariga tezda yutuqlari topshiriladi. 7. Qo‘llanma va test kitob javoblari: Biz bilan hamkor bo'lgan qo‘llanma va test kitoblarning javoblarini ko‘rish imkoniyati. Nima uchun Qayiq? - Interaktiv va qulay interfeys - Testlar va imtihonlar real formatga moslashtirilgan - Shaxsiy progressni kuzatish va reytingni oshirish imkoniyati Qayiq bilan tayyorlaning, bilimlaringizni oshiring va eng yaxshi natijaga erishing!