Prava UZ — YHQ 2026
Murodjon Sattorov
Prava UZ — haydovchilik guvohnomasi imtihonining nazariy qismiga puxta tayyorlanish uchun oddiy, tezkor va qulay dastur. Ilovada mavjud imkoniyatlar: 1. Kunlik foydalanish vaqtini nazorat qilish va eslatmalar orqali muntazam tayyorlanishni yo‘lga qo‘yish; 2. Mavzulashtirilgan video materiallarni ko‘rib, mavzu doirasidagi testlar orqali bilimlarni mustahkamlash; 3. Biletlashtirilgan testlar — har bir biletda 10 ta savol. Natijani test yakunida bilib olasiz; 4. Imtihon rejimi — 20 ta tasodifiy savol. 18 va undan yuqori natija bilan imtihondan o‘tgan hisoblanasiz; 5. Marafon rejimi — 1240+ savollarning barchasini ketma-ket ishlab, bilim darajangizni to‘liq sinovdan o‘tkazish imkoniyati; 6. 1240+ dan ortiq doimiy yangilanib boriladigan savollar bazasi; 7. Barcha savollar bo‘limida qulay filterlash imkoniyati; 8. Saqlangan savollar bo‘limi — qiyin savollarni alohida belgilab, qayta ishlash imkoniyati; 9. Test ishlash sahifasi yanada qulaylashtirilgan — savollar o‘rtasida yonga surish orqali tezkor o‘tish; 10. Rasmlar kuchli serverga o‘tkazilgan — tezroq yuklanadi va yuqori sifatda ko‘rsatiladi; 11. Imtihonga maksimal yaqinlashtirilgan interfeys va test tizimi. Sozlamalar bo‘limida: - Yo‘l belgilari vazifalarini videolar orqali oson o‘rganish; - Ranglarni ajratib olish testlari; - Jarimalar miqdori haqida ma’lumot; - Qo‘shimcha video materiallar; - Kunduzgi va tungi rejim; - Ilova tilini o‘zgartirish (O‘zbekcha, Ruscha, Kirillcha); - Ekranni doimo yoqib qo‘yish funksiyasi; - Shaxsiylashtirilgan qulay sozlamalar. Prava UZ yordamida imtihonga tizimli, qulay va ishonchli tayyorlaning. Sizga omad tilaymiz.