Asaxiy Invest

Firuz Allaev

Asaxiy Invest app icon
4.4 stars21 reviewsFree
4+Version 1.5.8Updated 10/8/2026, 12:25:01 AM
Open in Store

Asaxiy Invest orqali sarmoya kiriting, investitsiyalaringizni kuzating va shakllangan foydani qayta investitsiya qiling. Asaxiy Invest — Islom moliyasi tamoyillariga mos investitsiya platformasi. Ilova sarmoya kiritishdan boshlab investitsiya natijalarini kuzatishgacha bo'lgan jarayonlarni bir joyda boshqarishga yordam beradi. SARMOYANGIZNI QULAY BOSHQARING Asaxiy Invest ilovasida: • sarmoya kiritishingiz; • faol investitsiyalaringizni kuzatishingiz; • balans va investitsiya tarixini ko'rishingiz; • moliyaviy natijalar va foyda ko'rsatkichlarini kuzatishingiz; • shakllangan foydani reinvestitsiya qilishingiz; • status va mavjud imtiyozlarni ko'rishingiz; • investitsiyaga oid muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin. ISLOM MOLIYASI TAMOYILLARIGA MOS Asaxiy Invest Islom moliyasining xalqaro AAOIFI standartlariga amal qiladi. Investorlarning mablag'lari real savdo va aktivlarni moliyalashtirishga yo'naltiriladi. Moliyaviy natijalar real faoliyat asosida shakllanadi va jarayonlar shaffoflik hamda adolat tamoyillari asosida tashkil etiladi. REINVESTITSIYA Investitsiyadan shakllangan foydani qayta sarmoya qilish imkoniyati mavjud. Shu orqali mablag'ingizni yechib olmasdan, keyingi investitsiya davriga yo'naltirishingiz mumkin. INVESTITSIYALARNI KUZATIB BORING Ilova orqali sarmoya miqdori, investitsiya holati, shakllangan natijalar va boshqa muhim ko'rsatkichlarni bir joyda ko'rishingiz mumkin. Bu investitsiyalaringiz bo'yicha ma'lumotlarni tartibli saqlash va moliyaviy qarorlarni aniqroq ma'lumot asosida qabul qilishga yordam beradi. SODDA VA TUSHUNARLI Asaxiy Invest sarmoyani endi boshlayotgan foydalanuvchilar uchun ham tushunarli bo'lishi uchun yaratilgan. Sarmoya shartlarini o'rganing, investitsiya kiriting va natijalarni bitta ilovada kuzating. Moliyaviy maqsadlaringiz sari sarmoyani ongli boshqaring.

Released
2025-03-18T07:00:00Z
Current version
1.5.8

Screenshots

Asaxiy Invest screenshot 1Asaxiy Invest screenshot 2Asaxiy Invest screenshot 3Asaxiy Invest screenshot 4Asaxiy Invest screenshot 5Asaxiy Invest screenshot 6