Xalq Nazorati
"Raqamli Rivojlanish Departamenti" MCHJ
«Xalq Nazorati» mobil ilovasi — Toshkent shahri aholisi va shahar xizmatlari xodimlari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi interaktiv servis. Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari! Sevimli Toshkentimizni yanada obod va qulay qilishda o‘z hissangizni qo‘shing. Yo‘lda chuqur paydo bo‘lganmi? Ko‘cha chirog‘i yonmayaptimi? Chiqindi qutisi yo‘qmi? Bekat yopiqmi? Muammo haqida xabar bering — tegishli shahar xizmatlari zarur choralarni ko‘radi. Shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritib, ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, shahar infratuzilmasidagi turli muammolar haqida murojaat yuborish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Buning uchun murojaat toifasini tanlang, muammoni batafsil tavsiflang, fotosuratni ilova qiling va muammo joylashgan manzilni belgilang. Murojaatingiz holatini kuzatish hamda mas’ul ijrochi bilan yozishmalar olib borish imkoniyati ilovaning o‘zida mavjud. Faol bo‘ling. Toshkentni birgalikda yanada obod qilaylik!